Prezident qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan va kam ta’minlangan deb topilgan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat tomonidan kompensatsiya ajratiladi.
Kompensatsiya quyidagicha bo‘ladi:
Elektr energiyasi — oyiga 150 kVt soatgacha me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun narx farqi qoplab beriladi;
Gaz — isitish mavsumida 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda 150 kub metrgacha me’yordan ortiq foydalangani uchun narx farqi davlat tomonidan qoplanadi.