❗️Prezident Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Falastin masalasiga munosabat bildirdi

Prezident Mirziyoyev Toshkentdagi Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida so‘zga chiqdi va quyidagilarni ta’kidladi:

➖ O‘zbekiston barcha nizolarni faqat tinch muzokaralar orqali hal etish tarafdori;
➖ Ukrainadagi muzokaralar ijobiy natija berishidan umidvor;
➖ Falastin-Isroil muammosi “ikki xalq – ikki davlat” tamoyili asosida hal qilinishi lozim;
➖ Afg‘oniston xalqaro maydonda yakkalanib qolmasligi kerak, u Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida ko‘rilishi zarur.

Shuningdek, u Afg‘oniston bilan konstruktiv muloqot olib borishda parlamentlar ko‘magining muhimligini qayd etdi.

❗️Prezident Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Falastin masalasiga munosabat bildirdi

Back To Top