O‘zbekiston va Rossiya vakillari mehnat muhojirlari uchun migratsiya jarayonlarini yengillashtirish masalalarini muhokama qildi:
➖ Migratsiya jarayonlari, tibbiy ko‘rik va rus tili imtihonlarini Toshkentda o‘tkazish;
➖ Rossiya oliygohlari filiallari orqali imtihonlar tashkil qilish;
➖ «Saxarova» va «Pasport-viza xizmati»ning Toshkentdagi vakolatxonalarini qayta ochish;
➖ Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik kurslari tashkil etish;
➖ Ixtisoslashtirilgan tibbiy klinika ochish.
Rossiya tomoni mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.