Bosh vazir Abdulla Aripov 7-mart kuni videoselektor yig‘ilishida barcha davlat amaldorlariga xorijiy xizmat avtomobillaridan foydalanishni to‘xtatish haqida topshiriq berdi.
Bosh vazirning matbuot kotibi Behzod Hidoyatov bu qaror 1-apreldan emas, balki zudlik bilan amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi:
“Prezidentimiz topshiriq berdimi, uni darhol bajarishimiz shart, muhokamaga o‘rin yo‘q.”