Ayol tadbirkorlar uchun qo’shimcha $200 mln ajratiladi

O‘zbekistonda xotin-qizlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 2025-yilda qo‘shimcha $200 million ajratiladi. Bu haqda 7-mart kuni Prezident qarori qabul qilindi.

Mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:

🔵 “Biznesni rivojlantirish banki” – “Hamroh” dasturi doirasida ayollarga kredit ajratadi;

🔵 “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit beradi.

Qarorning ijrosi har oyda muhokama qilinib, amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatiladi.

Ayol tadbirkorlar uchun qo'shimcha $200 mln ajratiladi

Back To Top