So‘nggi yillarda miokard infarkti yoshlar orasida ham keng tarqala boshladi. Ilgari bu xastalik 50-60 yoshlilarda ko‘p uchragan bo‘lsa, hozir 30-40 yoshlilar, hatto 20 yoshli yoshlar ham ushbu xatarga duch kelmoqda.
Sabablar:
Noto‘g‘ri ovqatlanish – fast-fud, yog‘li, qovurilgan taomlar va shakarli ichimliklar;
Kamharakatlik – sport bilan shug‘ullanmaslik, kompyuter va smartfondan uzoq foydalanish;
Stress – doimiy zo‘riqish va asabiylik;
Tamaki va alkogol iste’moli – qon tomirlarni toraytirib, yurakka qon yetib borishini qiyinlashtiradi;
Oldini olish choralari:
Jismoniy faollikni oshirish;
To‘g‘ri ovqatlanish;
Stressdan qochish;
Zararli odatlardan voz kechish.
Mutaxassislar yoshlarni o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lishga chaqiradi!