QR kodlar hayotimizga qulaylik olib kirgani bilan, ularni firibgarlik maqsadida ishlatish holatlari ham ko‘paymoqda. Xavfsizlik choralarini bilish esa bu kabi muammolarni oldini oladi.
🔥🔥🔥🔥 QR kodlar orqali firibgarlik turlari va ulardan himoyalanish usullari haqida ma’lumot beradi.
🐶 Firibgarlik turlari:
• Soxta to‘lov sahifalari – Firibgarlar restoran, do‘kon yoki avtoturargohlardagi haqiqiy QR kodlarni soxtasi bilan almashtirib, foydalanuvchilarni firibgarlik saytlarga yo‘naltiradi;
• Shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash – QR kod orqali kiritilgan login va parollarni maxsus dasturlar yordamida qo‘lga kiritishadi;
• Virusli dasturlar yuklash – Noma’lum manbadan skaner qilingan QR kod qurilmaga zararli dasturlar o‘rnatilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️ Qanday himoyalanish mumkin?
• QR kodni tekshirish – Rasmiy manbalarga ishonch hosil qilish va noma’lum joylardagi QR kodlarni skaner
qilmaslik kerak.
• Brauzer manziliga e’tibor berish – QR kod orqali ochilgan sahifa havolasi shubhali yoki noto‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, shaxsiy ma’lumot kiritmang.
• Antivirus dasturlaridan foydalanish – Telefon va kompyuteringizga zararli dasturlarni aniqlaydigan himoya vositalarini o‘rnatish tavsiya etiladi.
• To‘lov QR kodlarini tekshirish – To‘lov uchun taqdim etilgan QR kodlarni rasmiy ilovalar orqali skaner qilib, tranzaksiya tafsilotlarini qayta tekshiring.
Shunday ekan, QR kodlardan foydalanganda ehtiyot bo‘lish va firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun yuqoridagi maslahatlarga amal qilish muhim!