❗️Endi 11,25 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalari qat’iy nazoratga olinadi

2025-yil 2-iyuldan to‘lov va elektron pul tizimlari, shuningdek, to‘lov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchayadi.

Tegishli qarorga ko‘ra, mijozlar quyidagi holatlarda tekshiriladi:

🔸Jismoniy shaxslar akkaunt ochishda yoki E-POS orqali faoliyat boshlashda

🔸187,5 mln so‘mdan yuqori operatsiyalar akkauntsiz amalga oshirilganda

🔸Mijoz haqidagi mavjud ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki yetarli emasligiga shubha tug‘ilganda hamda 11,25 mln so‘mdan yuqori o‘tkazmalarda

Majburiy ma’lumotlar:
🔸Jismoniy shaxslar – pasport/ID-karta raqami, tug‘ilgan sana va joyi.
🔸Yuridik shaxslar – tashkilot nomi va STIR.

Har bir operatsiya tavakkalchilik darajasiga qarab baholanadi va identifikatsiya ma’lumotlari alohida saqlanadi.

❗️Endi 11,25 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalari qat’iy nazoratga olinadi

Back To Top