2024-yilgi 2-mavsum doirasida gʻolib boʻlgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran gʻolib deb topildi. Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun 2025-yilgi 2-mavsum hamda 2026-yilgi 1-mavsumlarda tanaffus beriladi.
Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bogʻcha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida oʻz loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.
“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumida 2 011 ta mahalla gʻolib deb topildi. Bunda, ushbu mavsum doirasida 329 ta mahalla ilk marotaba gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.