#Ob_havo

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi Farg‘ona vodiysida va kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Back To Top