Qarzingiz ko’payib, stressga tushayotgan bo’lsangiz “Qor uyumi” usuli (Snowball Method) sinab ko’ring. Bu qarzdorning qarzlarni to‘lash strategiyasi hisoblanadi.
Bu usul psixologik nuqtayi nazardan samarali, chunki u rivojlanishni tezroq ko‘rish va motivatsiyani saqlab qolish imkonini beradi.
“Qor uyumi” usuli qanday ishlaydi?
👋 Usul o‘z nomini tog‘dan dumalab tushayotganda kattalashib boradigan kichik qorga o‘xshatish orqali olgan. To‘lovlar bilan ham shunday bo‘ladi: avval kichik kreditlar yopiladi, keyin kattaroq kreditlar yopiladi, oylik to‘lovlar summasi ko‘payib, qarzlardan qutulish jarayoni tezlashadi.
“Qor uyumi” usulini qo‘llash algoritmi
📝 Barcha qarzlar ro‘yxatini tuzing. Mavjud barcha kreditlarni ko‘rsating (ipoteka, avtokredit, kredit kartalari, onlayn mikroqarzlar va boshqalar).
✍️ Har bir kredit bo‘yicha qarz miqdori va minimal to‘lovni yozing. Qarz qoldig‘ining o‘sishiga qarab (eng kichigidan eng kattasiga qarab) tartiblang.
🫴 Barcha qarzlar uchun minimal to‘lovlarni amalga oshiring. Jarimalar va kechikishlarning oldini olish uchun barcha kreditlar bo‘yicha minimal to‘lovlarni amalga oshiring.
💳 Eng kichik qarzni imkon qadar tezroq to‘lang. Barcha qo‘shimcha pullarni (bonuslar, qo‘shimcha ish haqi, tejamkorlik) eng kichik kreditni yopishga yo‘naltiring.
Bu qarz yopilgach, unga ketgan mablag‘ keyingi kredit to‘lovlariga qo‘shiladi.
🛫 Barcha qarzlar to‘lanmaguncha jarayonni to`xtatmang. Birinchi kredit yopilgandan so‘ng, bo‘sh qolgan barcha mablag‘ni ro‘yxatdagi keyingi qarzga yo‘naltiring.
Har bir yangi yopilgan kredit bilan to‘lovlar miqdori qor uyumi kabi kattalashib borishini ko’rishingiz mumkin.