“Abduqodir Husanov fantastik o‘ynadi”, — Gvardiola Husanovning kechagi o‘yini haqida

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Brighton”ga qarshi o‘yinda avtogol urib qo‘ygan Abduqodir Husanovning harakatlarini yuqori baholadi.

“Yosh futbolchilarimiz yaxshi o‘ynadi, ayniqsa, himoyachilarimiz aql bilan harakat qildi. Ruben Diash va Abduqodir Husanov fantastik darajada o‘ynadi. “Nottingem Forest” bilan bo‘lgan o‘yinga qaraganda bu gal ancha yaxshi harakat qildik, ikkita gol urdik va yana darvozani ishg‘ol qilish uchun vaziyatlar yaratdik. Biz g‘alabaga yaqin edik, lekin unga erisha olmadik “, deydi jamoa murabbiyi.

Back To Top