Donald Tramp ma’muriyati CBP Home nomli ilovani taqdim etdi. Ushbu ilova AQShda noqonuniy yashayotgan migrantlarga o‘z-o‘zini deportatsiya qilish imkonini beradi.
Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning aytishicha, bu xorijliklarga kelajakda qonuniy ravishda mamlakatga qaytish imkoniyatini beradi. Aks holda, ular qayta kirish huquqisiz deportatsiya qilinadi.