
O‘zbekiston hukumati Farg‘ona vodiysini poytaxt bilan bog‘laydigan Toshkent – Andijon pullik avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi.
🛣 314 km uzunlikdagi ushbu yo‘l Jahon banki ko‘magida quriladi va 10,5 million aholining harakatlanishini osonlashtiradi. Loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi: Toshkent – Angren (102 km), Angren – Pop (69 km) va Pop – Andijon (143 km). Shuningdek, Qamchiq dovonida 16,4 km uzunlikdagi tunnel qurilishi rejalashtirilgan. Tizim xalqaro standartlarga mos ravishda, tezlikni cheklovchi radarlar, piyodalar…