“Ayol bo‘lish ojizlik emas” – Saida Mirziyoyeva 8-mart munosabati bilan ayol-qizlarga tabrik yo‘lladi

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva barcha ayollarni tabrikladi:

“Ayol bo‘lish – bu ojizlik emas, balki mas’uliyat va matonatdir. Biz jamiyatda o‘z o‘rnimizni topish, siyosat, fan va biznes sohalarida erkaklar bilan tengma-teng bo‘lish uchun katta yo‘lni bosib o‘tdik. Endi ishonch bilan orzularimiz sari intilmoqdamiz,” — deya ta’kidladi u.

Mirziyoyeva barcha xotin-qizlarga iroda, qat’iyat va salohiyatlarining e’tirof etilishini, oilalariga totuvlik va farovonlik tiladi.

“Ayol bo‘lish ojizlik emas” – Saida Mirziyoyeva 8-mart munosabati bilan ayol-qizlarga tabrik yo‘lladi

Back To Top