O‘zbekistonda xotin-qizlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 2025-yilda qo‘shimcha $200 million ajratiladi. Bu haqda 7-mart kuni Prezident qarori qabul qilindi.
Mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
🔵 “Biznesni rivojlantirish banki” – “Hamroh” dasturi doirasida ayollarga kredit ajratadi;
🔵 “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit beradi.
Qarorning ijrosi har oyda muhokama qilinib, amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatiladi.