
Endi o‘zbekistonliklar Vetnamga vizasiz kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev Vetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan. Tomonlar madaniy-gumanitar almashinuv va vizasiz tartib joriy etish masalalarini muhokama qilgan. Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston fuqarolari Vetnamga elektron viza (e-Visa) asosida kirishlari mumkin.