Ayrim o‘quvchilar transportdan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi

🔸Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun bepul transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi. 2025-yil 1-apreldan boshlab, loyiha Toshkent, Andijon va Samarqandda, yil oxirigacha esa butun respublikada bosqichma-bosqich joriy etiladi. 🔸Xizmatdan ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq nogironligi bo‘lgan maxsus maktab va internatlardagi o‘quvchilar foydalanishi mumkin bo‘lib, mobil ilovalar orqali buyurtma berish asosida amalga oshiriladi.

Batafsil
Back To Top