Ekologiya vazirligi qaroriga ko‘ra, “Chotqol” va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalari atrofida umumiy 61 ming gektardan ortiq qo‘riqlanma zonalari tashkil etildi. Bu tabiiy ekotizimlarni asrab-avaylash, noyob hayvon va o‘simlik turlarini muhofaza qilish hamda bioxilma-xillikni saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
