Dunyodagi eng qimmat gul buketlari reytingida O‘zbekiston TOP-10 talikka kirdi💐

8-mart bayramida O‘zbekistonda gul buketi narxi o‘rtacha 20 dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatimiz Janubiy Koreya (28,6 dollar), Armaniston (24,7 dollar), Argentina (22,2 dollar) va Avstraliyadan (22 dollar) biroz past, ammo AQSh va Qozog‘istondan (21,4 dollar) ortda qoldi.

Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab bitta gul buketi o‘rtacha 10,7 dollarga tushadi. Eng arzon buket esa Bolgariyada bo‘lib, atigi 1,8 dollarni tashkil qiladi.

Rossiyada esa 7 dona lola guli uchun o‘rtacha 825 rubl ($9,3) to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bu esa jahon bozoridagi o‘rtacha narxdan past.

Dunyodagi eng qimmat gul buketlari reytingida O‘zbekiston TOP-10 talikka kirdi💐

Back To Top