Jinoyatchilik yuqori hududlardagi 90 ga yaqin savdo shoxobchalari “Qo‘riqlash” xizmatiga ulandi

🔹Tadbirlar doirasida xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ishsizlikni kamaytirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish choralari ham ko‘rildi. 104 nafar ayolning murojaati ijobiy hal qilinib, 144 nafar ayolga tibbiy muolaja uchun imtiyozli yo‘llanmalar ajratildi. 368 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj ayollarning ro‘yxati shakllantirildi, 107 nafar ishsizdan 72 nafari ish bilan ta’minlandi, 33 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi.

🔹Shuningdek, xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida jinoyatchilik yuqori bo‘lgan hududlardagi 90 ga yaqin savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari “Qo‘riqlash” xizmatiga ulandi, bozor va savdo majmualariga qo‘shimcha kuzatuv kameralar o‘rnatildi.

Jinoyatchilik yuqori hududlardagi 90 ga yaqin savdo shoxobchalari “Qo‘riqlash” xizmatiga ulandi

Back To Top