Nodirbek Yakubboyev xalqaro shaxmat festivali chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboyev Praga shahrida o‘tkazilgan Prague International Chess Festival xalqaro turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

♟ U “Challengers” guruhida birorta ham mag‘lubiyatsiz, 9 tur yakunida 7 ochko to‘plab, chempion bo‘ldi. Finalda daniyalik Jonas Bjerre ustidan g‘alaba qozondi.

♟ Bundan tashqari, ushbu natija unga 2026-yilda “Masters” guruhida qatnashish yo‘llanmasini ham taqdim etdi.

Nodirbek Yakubboyev xalqaro shaxmat festivali chempioni bo‘ldi

Back To Top