Oʻzbekiston Qirgʻiziston poytaxtida savdo uyi ochish va Bishkek-Toshkent logistika yoʻlagi loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligi rahbari Baxit Sidiqov va Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Akram Aliyev oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtib, unda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mamlakatlar oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard AQSH dollariga yetkazish rejasi muhokama qilindi. Shuningdek, Qirgʻiziston tomoni ham Toshkentda savdo uyi ochish maqsadini maʼlum qilgan.