Kelayotgan haftada ob-havo qanday bo‘ladi?
“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 10-12-mart kunlari respublika bo‘ylab asosan havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
☀️Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi harorat +2…+7, kunduzi esa +13…+18 darajani tashkil etadi
🌦Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida asosan havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda, biroq 11-mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi +5…+10, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.
☀️Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat -3…+7, kunduzi esa +8…+18 darajani tashkil qiladi.
🌤Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi +1…+8, kunduzi +13…+18 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.