Bugun O‘zbekiston bo‘ylab iliq ob-havo kutilmoqda
16-mart kuni yurtimizda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda kunduzi 20-22°, kechasi esa 7-9° iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda havo ancha issiq – kunduzi 25°gacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada esa havo 17-22° atrofida bo‘lishi kutilmoqda.