Iqtisodiyot va tinchlik instituti (IEP) e’lon qilgan “Global terrorizm indeksi – 2025” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 90-o‘rinni egallab, “terrorchilik ta’siri juda past” bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritildi.
Ushbu indeks 163 ta davlatda terrorchilik faolligi darajasini baholaydi. Mamlakat reytingda qanchalik yuqori bo‘lsa, undagi terrorizm xavfi shunchalik yuqori hisoblanadi.
Markaziy Osiyo va MDH davlatlari reytingi:
• Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston – 100-o‘rin (nol ball, eng xavfsiz hududlar qatorida);
• O‘zbekiston – 90-o‘rin (0,233 ball);
• Tojikiston – 70-o‘rin (0,999 ball);
• Rossiya – 16-o‘rin (yuqori xavfli hududlar qatorida);
• Belarus va Ozarbayjon – 90-o‘rin;
• Armaniston – 79-o‘rin.