Misol uchun, “Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga ko‘maklashadi. “Turonbank” ATB limonchilikda 150 ming nafar ayollar daromad topishi uchun arzon kreditlar taqdim etadi.
Shuningdek:
➖ “Mikrokreditbank” ATB parrandachilikda — 160 ming nafar,
➖ “Sanoat qurilish bank” ATB sabzavot va ko‘chatlar yetishtirishda — 160 ming,
➖ “Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda — 150 ming,
➖ “Agrobank” bog‘dorchilik yo‘nalishida — 144 ming,
➖ “Biznesni rivojlantirish banki” ko‘kat, bulg‘or qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda — 94 ming,
➖ “Asakabank” farmatsevtika va uzumchilikda — 82 ming,
➖ “Aloqabank” IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58ming nafar ayollarni band etishga ko‘maklashadi.