O‘zbekistonning 5 ta universiteti kuchli 1000 talikka kirdi

12-mart kuni eʼlon qilingan QS World University Rankings xalqaro reytingida O‘zbekistonning 5 ta universiteti 8 ta yo‘nalish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 1000 ta universitet qatoridan joy oldi.

QS (Quacquarelli Symonds) – xalqaro oliy ta’lim muassasalari reytingini tuzuvchi Britaniya tashkiloti.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (Linguistika), O‘zbekiston Milliy universiteti (Zamonaviy tillar, Matematika), TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti (Muhandislik va texnologiyalar hamda atrof-muhit fanlari) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (iqtisod va ekonometriya) QS reytingida yuqori natija qayd etdi.

Bu ko‘rsatkich mamlakat tarixida eng yuqori natija bo‘lib, o’tgan yilga nisbatan reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga ko‘paydi.

O‘zbekistonning 5 ta universiteti kuchli 1000 talikka kirdi

Back To Top