❗️Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi e’lon qilgan 2025-yil uchun ish vaqti taqvimiga ko‘ra (https://t.me/mehnatvazirligi/18017), 8-mart shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, 5 kunlik ish haftasiga ega xodimlar 10-mart kuni qo‘shimcha dam oladi.

10-mart (dushanba) kuni uchun ish va ta’lim tartibi: ➖ 5 kunlik ish haftasi — dam olish kuni. ➖ 6 kunlik ish haftasi — ish kuni. ➖ Bog‘chalar — asosan dam olish kuni, lekin ayrim 6 kunlik xususiy bog‘chalar ishlashi mumkin (aniqlashtirish tavsiya etiladi). ➖ Maktablar — odatiy o‘qish kuni. ➖ Oliygohlar — ba’zilarida dam olish,…

Batafsil

Dunyodagi eng qimmat gul buketlari reytingida O‘zbekiston TOP-10 talikka kirdi💐

8-mart bayramida O‘zbekistonda gul buketi narxi o‘rtacha 20 dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatimiz Janubiy Koreya (28,6 dollar), Armaniston (24,7 dollar), Argentina (22,2 dollar) va Avstraliyadan (22 dollar) biroz past, ammo AQSh va Qozog‘istondan (21,4 dollar) ortda qoldi. Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab bitta gul buketi o‘rtacha 10,7 dollarga tushadi. Eng arzon buket esa…

Batafsil

O‘zbekiston hukumati Farg‘ona vodiysini poytaxt bilan bog‘laydigan Toshkent – Andijon pullik avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi.

🛣 314 km uzunlikdagi ushbu yo‘l Jahon banki ko‘magida quriladi va 10,5 million aholining harakatlanishini osonlashtiradi. Loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi: Toshkent – Angren (102 km), Angren – Pop (69 km) va Pop – Andijon (143 km). Shuningdek, Qamchiq dovonida 16,4 km uzunlikdagi tunnel qurilishi rejalashtirilgan. Tizim xalqaro standartlarga mos ravishda, tezlikni cheklovchi radarlar, piyodalar…

Batafsil

#Jahon_yangilliklari

AQSh Kongressida Turkiyani Yevropa emas, Yaqin Sharq davlati sifatida tan olish taklif qilindi AQSh Vakillar palatasining a’zolari Turkiyaning rasmiy maqomini o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi. Ushbu tashabbus Anqaraning Rossiya, Xitoy va Eron bilan yaqinlashgani, Hamasni qo‘llab-quvvatlashi va NATO ittifoqchilari bilan keskin munosabatlari bilan izohlangan. Kongressmenlarning fikricha, Turkiya Yevropa emas, balki Yaqin Sharq davlatlari qatoriga…

Batafsil

#Ob-havo

Kelayotgan haftada ob-havo qanday bo‘ladi? “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 10-12-mart kunlari respublika bo‘ylab asosan havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ☀️Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi harorat +2…+7, kunduzi esa +13…+18 darajani tashkil etadi 🌦Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida asosan havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda, biroq 11-mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi…

Batafsil
Back To Top