Mutaxassislar mart oyida 21 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘zgarishini o‘rgandi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, ba’zi mahsulotlar narxi pasaygan. Masalan, kartoshkaning minimal narxi 19,8 foiz, piyozniki 10,3 foiz, sabzini 3,4 foiz, tuxumni 2,1 foiz, bananni 0,9 foiz, kungaboqar yog‘ini esa 0,6 foizga tushdi.
Shu bilan birga, yetti turdagi mahsulotning narxi oshgan. Eng katta o‘sish pomidorda kuzatildi, bu mavsumiy omillar bilan bog‘liq.
Sakkizta mahsulot esa narxini saqlab qoldi. Ularga un, guruch, makaron, karam, olma, tovuq filesi, sut va shakar kiradi.
Tahlil 6-fevraldan 13-martgacha bo‘lgan ma’lumotlar asosida o‘tkazildi.