Toshkent shahar hokimligi poytaxt ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun 12 milliard so‘m ajratishga qaror qildi.
Mablag‘lar shahar rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalariga yo‘naltiriladi. Har bir tumanga 1 milliard so‘mdan ajratiladi.