Toshkentda birinchi “Qichqiruvchi favvora” paydo bo‘ldi

Poytaxtdagi Magic City bog‘ida ovoz bilan boshqariladigan interaktiv favvora ishga tushirildi. Uning ishlash quvvati tashrif buyuruvchilarning qichqirish balandligi va kuchiga bog‘liq. Suv attraksioni mohir aktyordek tomoshabinlarning olqishlariga ham munosib javob qaytaradi.

Hozircha bu poytaxtdagi yagona jamoat maydoni bo‘lib, bu yerda shahar mehmonlari va aholisi atrofdagilardan tanbeh eshitmasdan, xohlagancha qichqirishlari va o‘pka hajmini mashq qilishlari mumkin.

Back To Top