Toshkentdagi reydda chiqindi tashlaganlar qancha jarimaga tortildi?

12-mart kuni Toshkent shahrida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashga qarshi reyd o‘tkazilgandi. Ekologiya vazirligi reyd natijalari bilan bo‘lishdi.

Tekshiruv davomida 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi va jami 11 million 375 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Huquqbuzarlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

Vazirlik reyd tadbirlari davom etayotganini bildirdi.

Toshkentdagi reydda chiqindi tashlaganlar qancha jarimaga tortildi?

Back To Top