O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 7-mart kuni imzolangan qarorga ko‘ra, xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
🔹 “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan “HAMROH” dasturi asosida tadbirkor ayollar uchun maxsus moliyaviy yordam mexanizmi ishlab chiqiladi.
🔹 “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida ayollarga mo‘ljallangan kreditlash tartiblarini belgilaydi.
🔹 Qaror ijrosi har oyda nazorat qilib boriladi.